
- 12
- 10.04.2023 15:49:00
- 1 мин оқу
Uloq (ko‘pkari) — xalq o‘yini, asosan, 2 qismdan — solim (qoqma) va poytadan iborat. Chortoq ustidagi bakovullar (hakamlar) uloq (so‘yilib ichki aʼzolari, bosh va oyoqlari kesib olingan echki yoki buzoq)ni to‘daga tashlaydi. To‘dadagi chavandozlar uloqni olib, tortishib, eng kuchlisi uloqni marraga yetkazib berishi lozim. Kim uloqni marraga yolg‘iz o‘zi halol olib kelsa, unga avvaldan belgilangan mukofot taqdim etiladi.