
- 1
- 17.08.2026 10:49:00
- 1 мин оқу
“Tolibon” 15-avgust kuni Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganining besh yilligini nishonladi. Kobulda harbiy parad o‘tkazilib, “Tolibon”ning zirhli mashinalari va bayroqlari namoyish etildi.
“Tolibon” ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy hokimiyatga qaytishni ruhiy matonat, jasorat va ilohiy yordam natijasi deb atadi. Biroq xalqaro tashkilotlar Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat va ayollar huquqlari bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotganini ta’kidlamoqda. “Tolibon” hukmronligi davrida 2,5 million afg‘on qizi ta’lim olish imkonidan mahrum bo‘lgan.
Shu bilan birga, “Tolibon” so‘nggi yillarda ayrim davlatlar, jumladan, O‘zbekiston, Xitoy, Eron va Turkiya bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga urinmoqda.