Vaqti yo‘qlar uchun maxsus😉

Vaqti yo‘qlar uchun maxsus😉
  • 6
  • 23.05.2026 11:15:00
  • 1 мин оқу

Masalliqlar:
2 stakan qaynab sovutilgan suv
yarim piyola yog'
2,5 stakan un
1 choy qoshiq tuz

Nachinkasi uchun:
2 dona piyoz
100 gr ismaloq

Tayyorlanishi:
Birinchi qizigan yog‘da piyoz qovurilib, keyin ismaloq qo‘shiladi va 2-3 daqiqa pishiriladi. Qaynatilgan iliq suvga tuz, yog‘ va un solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan suyuq massa, oz-ozdan tovaga quyilib, blinchik ko‘rinishida pishirib olinadi. Pishib chiqqan blinchiklarning yarmiga ismaloqli nachinka solinib, yopiladi va ikkala tomoni ham tovada qizartirib pishirib olinadi. Oxirida, dasturxonga tortishdan oldin, issiq holida ustiga sariyog‘ surtiladi. Ismaloqli yeguligimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha😋

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News