
- 2
- 05.05.2026 15:09:00
- 1 мин оқу
Seul shahrida o‘tkazilgan “Power Nap” musobaqasida 170 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. G‘oliblar shunchaki ko‘p uxlash yoki kam uxlash bilan emas, balki uyqu davomiyligi va sifati asosida aniqlangan. Bu tanlov ketma-ket uchinchi yil o‘tkazilmoqda va muhim bir muammoga e’tibor qaratadi. Gap shundaki, Janubiy Koreya aholisi eng ko‘p ishlaydigan va eng kam uxlaydiganlardan biri hisoblanadi. Ya’ni bu musobaqa shunchaki ko‘ngilochar emas — u odamlarni to‘g‘ri dam olish va uyquning ahamiyati haqida o‘ylashga hamda qisqa uyquning foydasini ko‘rsatishga qaratilgan. Kerakli 10–20 daqiqalik uyqu ham miyani tiklaydi.