
- 3
- 04.06.2026 10:55:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
3 dona tuxum
600 ml sut
12 osh qoshiq un
3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
2 osh qoshiq shakar
1 chimdim tuz
Bir piyola quyuq damlangan qahva
Kremi uchun:
900 gr maskarpone
5 osh qoshiq shakar
Tayyorlanishi:
Idishga tuxum, sut, un, o‘simlik yog‘i, shakar va tuz solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Suyuq massa hosil bo‘lgach, quyuq damlangan qahva qo‘shiladi. Keyin blinchiklar tovada pishirib olinadi. Maskarponega shakar qo‘shilib, blinchik kremi tayyorlab olinadi. So‘ng, krem har bir blinchik orasiga surtib chiqiladi. Tayyor bo‘lgan quymoqli tort 30 daqiqaga muzlatkichga yuboriladi. Tortimiznig ustini hohishga qarab bezatishingiz mumkin!
Yoqimli ishtaha😋🍽