
- 3
- 18.05.2026 15:10:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
1 kg tovuq ko‘kragi
2 dona tuxum
yarim stakan sut
1 litr mineral suv
1 osh qoshiq maydalangan sarimsoq
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qizil qalampir kukuni
1 choy qoshiq zira
1 choy qoshiq oziq-ovqat sodasi
2 stakan un
Tayyorlanishi:
Birinchi tovuq ko‘kraklarini o‘rtacha qalinlikda bo‘laklarga bo‘lib oling. Katta idishga tuxum, sut, oziq-ovqat sodasi, sarimsoq, tuz, ziravorlar va unni solib, yaxshilab aralashtiring. Agar xamir suyuq bo‘lsa, yana ikki qoshiq un qo‘shing. Tayyor bo‘lgan sousga tovuq go‘shtini solib, idish ustini strechlang va yarim soatga muzlatgicha qo‘ying. Alohida idishga un va biroz tuz solib aralashtirb oling. Marinadlangan tovuq bo‘laklarini unga yaxshilab bulab, qizigan yog‘da qovurib oling. Qarsildoq va mazali qovurilgan tovuq go‘shtlarimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha😋