Gulyash tayyorlaymiz🔥

Gulyash tayyorlaymiz🔥
  • 11
  • 13.06.2026 10:58:00
  • 1 мин оқу

Masalliqlar:
1 kg mol go‘shti
400 gr piyoz
3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
30 gr sariyog‘
2 osh qoshiq tomat pastasi
0,5 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
2 osh qoshiq un

Tayyorlanishi:
Birinchi go‘sht bo‘laklarga bo‘linib, piyoz bilan qizarguncha qovurib olinadi.
So‘ng, tuz qo‘shlib, qozonga go‘sht botguncha suv quyiladi va past olovda 40–45 daqiqa dimlab pishiriladi. Alohida idishda ozroq o‘simlik yog‘i va sariyog‘da tomat pastasi yaxshilab qovuriladi. So‘ng shakar va tuz qo‘shiladi. Oxirida un qo‘shilib, yana qovuriladi. Tayyor bo‘lgan sous va biroz ko‘kat go‘sht qaynayotgan qozonga solinib, biroz qaynatiladi. Mazali gulyashimiz kartoshka pyuresi ustiga quyilib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha❤.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News