
- 3
- 18.04.2026 10:12:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
- 2 dona tuxum 🥚
- 5 to‘la osh qoshiq shakar
- 1 stakan sut 🥛
- 1,5 stakan un
- 1 paket qabartma kukuni
- 1 paket vanilin
- Ichiga 2 dona katta banan 🍌
Tayyorlanishi: Avval tuxum va shakarni yaxshilab ko‘pirtiramiz. So‘ng sut va vanilinni qo‘shib aralashtiramiz. Oxirida un va qabartma kukunini qo‘shib yana aralashtiramiz. Xamir tayyor bo‘lgach, o‘rtacha qalinlikda to‘g‘ralgan bananlarni ichiga solib aralashtiramiz.
Tovamizni oldindan qizdiramiz. Xamirdagi banan bo‘laklarini bittalab tovaga solib pishiramiz. Tayyor bo‘lgach, idishga olamiz va ustiga qulupnay hamda shokolad qo‘shamiz.
Yoqimli ishtaha! 😋🍓🍫