
- 6
- 12.10.2026 22:26:00
- 1 мин оқу
Rejissyor Muzaffar Erkinov tomonidan suratga olinayotgan “Shiroq” tarixiy badiiy-publitsistik filmining tasvirga olish ishlari nihoyasiga yetdi. Hozirda ijodiy jamoa kartinaning montaj, ovozlashtirish va boshqa postprodakshn jarayonlari bilan shug‘ullanmoqda.
Kinematografiya agentligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, film Vatan ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan afsonaviy qahramon Shiroqning jasorati haqida hikoya qiladi. Asarda yurt erkinligi va xalq ozodligi uchun kurashgan qahramon siymosi badiiy talqinda aks ettiriladi.
Film suratga olish ishlari Toshkent va Buxoro viloyatlarida, shuningdek, “O‘zbekfilm” pavilyonlarida olib borildi. Kinematografiya agentligi tasvirga olish jarayonlaridan videolavhani ham e’lon qildi.