“Betmen-2” filmi suratga olish ishlari vaqtincha to‘xtatildi

“Betmen-2” filmi suratga olish ishlari vaqtincha to‘xtatildi
  • 5
  • 06.10.2026 10:43:00
  • 1 мин оқу

Warner Bros. va DC Studios “Betmen-2” filmining suratga olish ishlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bunga film rejissyori Mett Rivzning oilaviy sharoiti sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.

Studiya vakillari rejissyorni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan va suratga olish ishlari yaqin orada qayta boshlanishiga umid qilayotganini ma’lum qilgan.

Filmda Robert Pattinson yana Bryus Ueyn obrazini ijro etadi. Shuningdek, Skarlett Yoxansson, Kolin Farrell, Sebastyan Sten, Endi Serkis va Jeffri Rayt ham loyihada ishtirok etadi.

“Betmen-2”ning premyera sanasi avval ham bir necha bor o‘zgargan. Dastlab film 2026-yil 2-oktabrda namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Keyinchalik premyera 2027-yil 1-oktabrga, so‘ng esa 2028-yil fevraliga ko‘chirildi.

Mett Rivz rejissyorlik qilgan birinchi “Betmen” filmi 2022-yilda ekranlarga chiqqan. Robert Pattinson bosh rolni ijro etgan kartina jahon prokatida 770 million dollardan ortiq daromad qilgan va “Oskar”ning uchta nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News