
- 7
- 12.05.2026 12:55:00
- 1 мин оқу
Kecha, Chempionlar Ligasining 2-finalchisi aniqlandi. Myunxenda “Bavariya” PSJni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Kompani shogirdlari Dembelening 3-daqiqada urgan goliga 90+4 daqiqada javob berishdi. Biroq, mezbonlarda vaziyatni o‘zgartirishga vaqt qolmadi. PSJ o‘z uyida erishgan g‘alabasi evaziga qatorasiga 2-marta finalga chiqdi.
Final 30-mayda Budapeshtdagi “Pushkash Arena” stadionida o‘tkaziladi.
PSJ sovrinni himoya qila oladimi? Yoki Arteta jamoasi ilk sovriniga ega chiqadimi?