
- 7
- 10.10.2026 20:29:00
- 1 мин оқу
Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me” qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etdi. Reliz xonandaning Britney albomi 25 yilligi munosabati bilan tayyorlangan maxsus nashr oldidan amalga oshirildi.
Qo‘shiqda Spirs sobiq sevgilisining o‘ziga o‘xshash boshqa qiz bilan munosabat boshlagani haqida kuylaydi. Asarning asosiy mazmuni “U hech qachon men bo‘la olmaydi” degan fikrda mujassam.
Qo‘shiq hammuallifi Aleks Greggsning aytishicha, kompozitsiya 2001-yilda albomga kiritilmagan. Bunga o‘sha paytda undan ko‘ra munosibroq deb topilgan boshqa qo‘shiqlar mavjudligi va trekning o‘z vaqtida tayyor bo‘lmagani sabab bo‘lgan.
Avvalroq muxlislar qo‘shiqdagi ishoralar Jastin Timberleykning 2003–2006-yillarda munosabatda bo‘lgan aktrisa Kemeron Diasga tegishli bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan. Biroq qo‘shiq 2001-yilda yozilgani sababli bu taxmin o‘z tasdig‘ini topmagan.