
- 9
- 04.06.2026 11:04:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
6 dona qo‘ziqorin
2 dona tuxum
1 dona lavash xamiri
50 gr pishloq
2 dona bulg‘or qalampiri
Tayyorlanishi:
Tovaga ozgina o‘simlik yog‘i quyib, ikkiga bo‘lingan qo‘ziqorinlar solinadi. Qo‘ziqorinlar suvini chiqarib pishgach, ustidan idishda aralashtirib olingan tuxum quyiladi. So‘ng, ustiga lavash xamiri qo‘yilib, ag‘darib olinadi. Qo‘ziqorinlarning yarmiga qirg‘ichdan chiqarilagan pishloq va maydalab to‘g‘ralgan bulg‘or qalampirlari solinib, ikki buklanadi va ikkala tomoni ham qizartirib pishiriladi. Ertalabki mazali nonushtamiz tayyor!
Yoqimli ishtaha ❤️🍽