“Homay” xiti ijrochisi Adel Shayxitdinova turmushga chiqdi

“Homay” xiti ijrochisi Adel Shayxitdinova turmushga chiqdi
  • 6
  • 06.10.2026 10:27:00
  • 1 мин оқу

“Homay” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Adel Shayxitdinova Aleksey Xayrov bilan turmush qurdi. Juftlik 3-oktyabr kuni Ufadagi FHDYO bo‘limida nikohini rasmiylashtirgan.

Aleksey Xayrov Ufadagi neft universitetini tamomlagan va hozirda biznes bilan shug‘ullanadi. U sayohat hamda ekstremal mashg‘ulotlarga qiziqishi bilan tanilgan.

Adel va Aleksey ilk bor jamoatchilik e’tiboriga joriy yilning fevral oyida birga tushgan. Yozda esa xonanda MUZ-TV mukofotlash marosimida uzuk taqib chiqqan va shu orqali unashtirilgani haqidagi taxminlarga sabab bo‘lgan. Adelning otasi va guruhdagi hamkasbi Ruslan Shayxitdinov o‘shanda kuyov haqida ijobiy fikr bildirgan. Juftlik to‘yni 2027-yil yozida o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Biroq nikohni rasmiylashtirishni ortga surmay, marosimni hozir o‘tkazishga qaror qilgan. Endilikda Adel va Aleksey to‘y tantanasini keyingi yil yozida nishonlashni rejalashtirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News