Kechki ovqat uchun ajoyib tanlov😍

Kechki ovqat uchun ajoyib tanlov😍
  • 2
  • 04.06.2026 10:57:00
  • 1 мин оқу

Masalliqlar:
1 dona piyoz
2 dona kartoshka
2 dona sabzi
3 dona pomidor
1 dona sarimsoq
yarim stakan vermishel
biroz petrushka
1 litr qaynoq suv
tuz, qora murch va achchiq qalampir

Tayyorlanishi:
Qozonga 1 osh qoshiq sariyog‘ yoki o‘simlik yog‘ solinib, to‘g‘ralgan piyoz, kartoshka, sabzi va pomidor qo‘shib, ziravorlar bilan biroz qovuriladi. Ustidan qaynoq suv solinadi. Sabzavotlar yaxshi qaynagandan so‘ng, blenderdan chiqarilib, silliq massa hosil qilinadi. Oxirida sho‘rvaga vermishel, mayda to‘g‘ralgan petrushka va biroz limon sharbati qo‘shilib, pas olovda yana biroz qaynatiladi. Sabazavotli sho‘rvamiz tayyor!

Yoqimli ishtaha❤️
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News