Zerikishning siz kutmagan 4 ta foydasi

Zerikishning siz kutmagan 4 ta foydasi
  • 7
  • 13.08.2026 10:39:00
  • 1 мин оқу

Zerikish har doim ham vaqtni behuda o‘tkazish degani emas. Ba’zan telefonni chetga qo‘yib, hech narsa qilmay o‘tirish ham miya uchun foydali bo‘lishi mumkin.

🔹Ijodkorlikni oshiradi
Zerikkan paytda miya yangi g‘oyalar izlay boshlaydi. Tadqiqotlarda zerikarli vazifani bajargan odamlar keyingi ijodiy topshiriqlarda noodatiyroq g‘oyalar taklif qilgani kuzatilgan.

🔹Harakat qilishga undaydi
Hech narsa qilmay o‘tirish zerikarli bo‘lib qolganda, inson undan qutulish uchun biror ish boshlashga intiladi. Masalan, xona yig‘ishtirish, kitob o‘qish yoki yangi mashg‘ulot bilan shug‘ullanish.

🔹 Murakkab vazifalarni tanlashga yordam beradi
Zerikish ba’zan odamni oddiy chalg‘ituvchilardan ko‘ra qiziqroq va murakkabroq mashg‘ulotlarga undaydi. Bu esa miya faoliyatini rag‘batlantirishi mumkin.

🔹Ruhiy holatni yaxshilashi mumkin
Zerikishni tabiiy holat sifatida qabul qilgan odamlar undan doim qochishga urinadiganlarga qaraganda o‘zlarini yaxshiroq his qilishi mumkin. Shuning uchun har safar zerikkaningizda darhol telefoningizga yopishib olish shart emas.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News